Rinoksil Formula + 0,05%, kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun

Bo'lim:
Ishlab chiqaruvchi davlat::
- Moldova Respublikasi
Faol modda:
- Oksimetazolin gidroxloridi – 0,05 g.
Ishlab chiqaruvchi:
- КП “Флумед-Фарм" ООО
Saytda chop etilgan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. Sog'lig'ingizga zarar etkazmaslik uchun mutaxassis bilan maslahat qilishni unutmang!

Qo’llanilishi:

Burun shilliq qavatini, burun-xalqum va gaymor bo’shliqlaridagi shishni kamaytirish uchun:

  • Shamollash kasalliklarida (o’tkir rinit);
  •  Burun bo’shliqlarining yallig’lanishida (o’tkir sinusit);
  •  Evstaxiitda; – allergik rinitda (shu jumladan, pichan isitmasida);
  •  O’tkir otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki evstaxiev nayining teshigini atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi).

Shuningdek burun bo’shlig’ining qo’rishni engillashtirishi uchun yoki jarrohlik muolajalarida ham qo’llanadi.

Maxsus ko’rsatmalar:

  • Buyurilgan dozalarni oshirmaslik kerak.
  • Yurak-tomir tizimining kasalliklari, gipertireoz, arterial gipertoniyasi bo’lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
  • Odatda tavsiya qilingan dozalarda oksimetazolin qo’llanganida rinit belgilarini yo’q qilish uchun 3 kun etarli. Agarda bu davrda belgilar yo’qolmasa davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
  • Bir flakonni bir nechta shaxslarda ishlatish infektsiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin.
  • Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to’xtatish tavsiya qilinadi.
  • Intranazal yuborish uchun mo’ljallangan preparatni ko’zga tushishidan saqlanish kerak.
  • Preparat ko’rishga ta’sir qiladi, reaktsiya tezligini pasayishi mumkin.
  • Preparat tavsiya qilinganidan ortiq dozalarda uzoq muddat qo’llanganida yurak-tomir tizimiga va Markaziy nerv tizimini (MNT) umumiy ta’sirini istisno qilib bo’lmaydi.
  • Bunday hollarda transport vositalari yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.
  • Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o’tgach ishlatish mumkin emas.

Yaroqlilik muddati:

3 yil