Rinoksil 0,1%, kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun

Bo'lim:
Ishlab chiqaruvchi davlat::
- Moldova Respublikasi
Faol modda:
- Ksilometazolin gidroxloridi – 0,10 g.
Ishlab chiqaruvchi:
- КП “Флумед-Фарм" ООО
Saytda chop etilgan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. Sog'lig'ingizga zarar etkazmaslik uchun mutaxassis bilan maslahat qilishni unutmang!

Qo’llanilishi:

  • O’tkir allergik rinit;
  • Pollinoz;
  • Sinusit;
  • O’rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun);
  • Pasientni burun yo’llaridagi tashxisiy muolajalarga tayyorlash.

Maxsus ko’rsatmalar:

  • Ksilometazolinni arterial gipertoniyasi, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertireozi bo’lgan bemorlarga, hamda adrenergiq dori vositalariga yuqori sezuvchanligi bo’lgan pasientlarga buyurishda (uyquchanliq, bosh aylanishi bilan namoyon bo’luvchi), ehtiyotqorlikka rioya qilish lozim.
  • Preparatni 6 yoshgacha bo’lgan bolalarda faqat qat’iy ko’rsatmalar bo’yicha, shifokorning doimiy nazorati ostida qo’llash mumkin.
  • Preparatni uzoq qo’llash uning ta’sirini susayishiga burun shilliq qavatining atrofiyasini va dorilardan bo’lgan rinitli reaktiv gipermiyaning rivojlanishiga olib keladi.
  • Emizish vaqtida emizishni to’xtatish tavsiya qilinadi.
  • Preparat uzoq vaqt tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarda qo’llanganida, transport vositalarini yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko’rsatadi.
  • Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o’tgach ishlatish mumkin emas.

Yaroqlilik muddati:

3 yil