Qo’llanilishi:
Burun shilliq qavatini, burun-xalqum va gaymor bo’shliqlaridagi shishni kamaytirish uchun:
- Shamollash kasalliklarida (o’tkir rinit);
- Burun bo’shliqlarining yallig’lanishida (o’tkir sinusit);
- Evstaxiitda; – allergik rinitda (shu jumladan, pichan isitmasida);
- O’tkir otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki evstaxiev nayining teshigini atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi).
Shuningdek burun bo’shlig’ining qo’rishni engillashtirishi uchun yoki jarrohlik muolajalarida ham qo’llanadi.
Maxsus ko’rsatmalar:
- Buyurilgan dozalarni oshirmaslik kerak.
- Yurak-tomir tizimining kasalliklari, gipertireoz, arterial gipertoniyasi bo’lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
- Odatda tavsiya qilingan dozalarda oksimetazolin qo’llanganida rinit belgilarini yo’q qilish uchun 3 kun etarli. Agarda bu davrda belgilar yo’qolmasa davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
- Bir flakonni bir nechta shaxslarda ishlatish infektsiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin.
- Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to’xtatish tavsiya qilinadi.
- Intranazal yuborish uchun mo’ljallangan preparatni ko’zga tushishidan saqlanish kerak.
- Preparat ko’rishga ta’sir qiladi, reaktsiya tezligini pasayishi mumkin.
- Preparat tavsiya qilinganidan ortiq dozalarda uzoq muddat qo’llanganida yurak-tomir tizimiga va Markaziy nerv tizimini (MNT) umumiy ta’sirini istisno qilib bo’lmaydi.
- Bunday hollarda transport vositalari yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.
- Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o’tgach ishlatish mumkin emas.
Yaroqlilik muddati:
3 yil